Typar (ZFM)

Typar (ZFM)
Typar® (Taypar) - 100%-li polipropilenning cheksiz tolalaridan ishlab chiqariladigan to`qilmagan termobiriktirilgan himoya-filtrlovchi material. Yuqori mustahkamlikka va a`lo darajada suv o`tkazmazlik xususiyatiga ega. Typar® o`zida taranglikning yuqori boshlang`ich modulini, uzilishga qadar ahamiyatli uzayishni va tuzilmasining bir maromliligini mujassamlaydi, shu tufayli foydalanishdagi yuklamalarni a`lo darajada ko`tara oladi, shikastlanishlarga nisbatan yuqori qarshilikka ega va yuqori darajadagi filtrlovchi xususiyatlarini saqlab qoladi.
Image
Image
Typar (ZFM)
Typar® namlikka va kimyoviy birikmalarga, xususan, kislota va ishqorlarga nisbatan chidamlikka ega; chirimaydi, parchalanmaydi, zamburug` va mog`orlarga, hasharot va kemiruvchilarga dosh bera oladi, ildiz o`sib kirihiga yo`l qo`ymaydi.   
Birlamchi 100% polipropilen granulalarining ekstruziyasi jarayonida minglab juda ingichka, cheksiz va bir turdagi iplar ishlab chiqariladi, ular DuPont tarafidan patentlangan "kuchlanishdan oldingi" bosqichdan o`tadi. Bu ingichka iplar bir maromli o`rgimchak to`riga o`xshash polotnoni hosil qilib yotqiziladi, u keyinchalik Typar® SF ga maksimal mustahkamlikni berish uchun termik va mexanik jihatdan biriktiriladi.
DuPont himoya-filtrlovchi materialni yuqori samarada ishlashini ta`minlovchi xususiyatlarning noyob majmuasini taklif etish uchun Typar® SFni ishlab chiqdi.

Typar® SFni ishlab chiqarilishi

Birlamchi 100% polipropilen granulalarining ekstruziyasi jarayonida minglab juda ingichka, cheksiz va bir turdagi iplar ishlab chiqariladi, ular DuPont tarafidan patentlangan "kuchlanishdan oldingi" bosqichdan o`tadi. Bu ingichka iplar bir maromli o`rgimchak to`riga o`xshash polotnoni hosil qilib yotqiziladi, u keyinchalik maksimal mustahkamlikni berish uchun termik va mexanik jihatdan biriktiriladi.
Image
Image
Typar ® SF ultratovush va β-nurlanish yordamida doimiy operativ nazorat tufayli yuqori darajadagi maromlik bilan ishlab chiqariladi. Typar® SF himoya-filtrlovchi materialning mustahkamligini oshirish uchun ishlab chiqarish jarayonida polipropilenga maxsus tartiblashtirgichlar qo'shiladi. Nazoratdan o'tmagan va DuPontning zarur bo'lgan yuqori standartlariga javob bermaydigan material ishlab chiqarishdan olib tashlanadi va keyinchalik qayta ishlanadi.

Himoya-filtrlovchi materialning vazifalari

Ajratish

Image

Drenaj

Image

Filtrlash

Image

Himoyalash

Image