Filtrlash

Filtrlash
Himoya-filtrlovchi materialning teshiklari suv oqimini erkin o'tkazib yuboradi, ammo qattiq zarralarni ushlab turadi. Tuproqning qatlamlari kuchli gidravlik faollik davomida ham ajralib turadi, yuvilmaydi va aralashmaydi, konstruksiyaning ko`tara olishlik qobiliyati zaiflashmaydi.

Geokompozitlarda va drenaj quvurlarda Typar® SF himoya-filtrlovchi materiallardan foydalanishning afzalliklari:

Batafsil
  • Tiqilib qolish yoki loyqalanishni oldini oladi;
  • Oddiy va tez o`rnatiladi;
  • Donador materiallarning yuvilishini bartaraf etadi;
  • Quvursiz drenajlarni o`rnatish imkoniyati mavjud;
  • Drenaj konstruksiyani ko`ndalang kesimini kamaytirish imkoni mavjud.
  • Drenajning butun maydoni bo`ylab drenaj qatlamlarining filtrlovchi xususiyatlarini bir maromliligini ta`minlaydi.
Image
Himoya-filtrlovchi materialning filtrlovchi xususiyatlarini ta`rifi
Tuproqning juda mayda zarralari himoya-filtrlovchi material chegarasida o`tuvchi ko`prik karkasini yaratib, Typar® SF filtri orqali to`siqsiz o`tadi. Ko`prik karkasini tuproq bilan tutashuv joyida vaqt o`tib tabiiy tuproqli filtr hosil bo`ladi. Ushbu jarayonlarning Typar® SF himoya-filtrlovchi materialning noyob filtrlovchi xususiyatlari bilan majmuasi drenaj konstruksiyasini uzoq vaqt va ishonchli ishini ta`minlaydi.
Himoya-filtrlovchi materialning filtrlovchi xususiyatlari 20 kN/m2 va 200 kN/m2 yuklamalarda teshiklarning o`lchami 090w, VH50 o`tkazuvchanligi va suv o`tkazuvchanligi bilan aniqlanadi.
Geotekstil filtrlarga talablar:
  • Tashqi yuklama va bosimdan qat`i nazar geotekstil filtr siqilmaydigan va doimiy filtrlovchi xususiyatlarga ega bo`lishi kerak;
  • Tuproq zarralarini drenaj qatlamlariga tushishini bartaraf etish uchun polotnoning teshiklari yetarlicha kichik bo`lishi kerak;
  • Polotnoning suv o`tkazuvchanligi suvni o`tishiga to`sqinlik qilmasligi kerak va drenajga yondosh tuproq qatlamining suv o`tkazish qobiliyatidan katta bo`lishi kerak;
  • Polotno yuzasida teshiklarning shakli, o`lchami va taqsimlanishi tuproq teshiklarini tuzilmasiga va taqsimlanishiga imkon qadar yaqin bo`lishi kerak.
  • Birlamchi suv o`tkazuvchanligini saqlab qolish uchun materialda tuproq zarralarini filtrlash yo`li minimal bo`lishi kerak.