Qo'llash sohalari

Tomlarning inversion qoplamalari
  • Ektrudirlangan penopolisterol plitalar gidroizolyatsion membranalar ustidan issiq izolyatsiyani ta`minlaydi.
  • Shag`al qatlami qo`shimcha izolyatsiyani ta`minlaydi, yonish xavfini pasaytiradi, issiq izolyatsion materialni ultrabinafsha nurlanishdan himoyalaydi va namlik iyg`ilib qolgan holatda yengil ekstrudirlangan penopolisterol uchun bostiruvchi qatlam hisoblanadi.
  • Past harorat ta`siri ostida plitalarni "siqilishi" shag`alning mayda zarralariga plitalar o`rtasidagi oraliqlarga kirishga imkon beradi.
Xarakteristikalar
  • Isitish vaqtida ularning kengayishi esa plitalarni siljitadi va tom konstruksiyasini shikastlaydi.
  • Filtrlovchi material
  • Typar plitalar orasidagi kichik shag'al zarralarining kirib kelishiga to'sqinlik qiladi, bu esa ikkinchisining erkin kengayishiga va qisqarishiga imkon beradi.
  • Past narxda kamroq sifatli shag'al ishlatilishi mumkin.
  • Shag`al o`rniga beton plitalardan foydalanishda Typar himoya-filtrlovchi materiali izolyatsiya plitalari orasiga qum va chang tushishiga to`sqinlik qiladi.
Gidroizolyatsion membrana himoyasi
  • Typar (Taypar) to`qilmagan materiali gidroizolyatsion membranani mexanik shikastlardan himoya qiladi.
  • Yuqoridan va pastdan Typar materiali bilan himoyani qo`llash yanada yengilroq va arzonroq gidroizolyatsion materiallardan foydalanish imkonini beradi.
Sepiladigan bitumli emulsiyalarni mustahkamlash
  • Typar himoya-filtrlovchi materialdan yotqizish joyida sepiladigan bitumli emulsiyalarni ichki mustahkamlashda foydalanish mumkin.
  • Typar o`lchamlarning barqarorligini ta`minlaydi va haroratli kengayish-siqilishni cheklaydi.
  • Bitumning maksimal harorati -140 њS.
Tizimning boshqa imkoniyatlari
  • Typar (Taypar) himoya-filtrlovchi materiali ikkita kimyoviy jihatdan mos kelmaydigan gidroizolyatsion membranalarni ajratuvchi sifatida xizmat qiladi (masalan, plastifikatorni PVXdan migratsiya bo`lishiga to`sqinlik qiladi)
  • Yuqori boshlang`ich moduli tufayli, Typar issiq izolyatsion materialning plitalari orasidagi yoriqlarga shag`alning mayda zarralarini kirishiga to`sqinlik qiladi.
  • Typar unumdor tuproqlarni drenaj qatlamga yuvilishini oldini oladi. Typar ildizlarni kirishiga to`sqinlik qiladi (Typar SF 56 markasi yoki og`irrog`i).
  • Typar har qanday izolyatsion elementning erkin harakatlanishiga (kengayish- siqilish) imkon beradi.
Yerosti suvlarining kapillyar oqimini to`xtatilishi
  • Quruq iqlimli mamlakatlarda sirtdan bug`lanishlar sho`r yerosti suvlarni kapillyar ko`tarilishiga va ularni tuproqning unumdor qatlamiga kirishiga olib keladi, bu esa o`simliklarga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
  • O`rnatilgandan so`ng birinchi vaqtlarda granullangan materialdan ishlab chiqarilgan kapillyarlarni to`xtatuvchi qatlam sho`r tuzni kapillyar ko`tarilishiga to`sqinlik qiladi, biroq, yog`ingarchiliklar tufayli tuproqning unumdor qatlamini yuvilishi yaqin orada granullangan materialni tiqilishiga olib keladi va sho`r tuzni kapillyar ko`tarilishi yana tiklanadi.
  • Typar filtrlovchi membranasi tuproq yuvilishiga to`sqinlik qiladi.
  • Typar materiali bilan qatlamlarni samarali ajratilishi granullangan material qatlamining qalinligini kamaytirish imkonini beradi.
  • Granullangan material qatlamining pastrog`ida gidroizolyatsion qoplamali Typar materiali (masalan, INTERMEM-BRANER) qatlamini joylashtirish sug`orish uchun yuboriladigan suvni ushlab turadi, va (yoki) namlikni bug`lanish orqali yo`qotilishini kamaytirib va ildizlarni chuquroqqa o`sishini kuchaytirib, sug`orishni kapillyar to`xtatuvchi qatlam orqali amalga oshirish imkonini beradi.
  • Shu kabi konstruksiyadan odatiy sharoitlarda ham foydalanish mumkin, granullangan materialning qatlami drenajli yoki irrigatsion qatlam sifatida ishlaydi.
Landshaftni yaratish/tuproqning oriq tuproqosti qatlamlariga ishlov berish
  • Quruq iqlimli mintaqalarda o`simliklarni "bezash" yoki kultivatsiya qilish mavjud oriq tuproq ustidan qimmat unumdor tuproq tashlashni talab qiladi. Irrigatsion suvlar tuproqning yuqori qatlamlarini yuvib ketadi va oriq tuproq qoladi, shu tarzda o`simliklarni sog`lom o`sishi cheklanadi. Ildizlar unumsiz tuproqqa o`sib kirgan sari o`simliklar halok bo`ladi.
  • Typar (Taypar) to`qilmagan materiali unumdor yerlarni yuvilishini yoki ifloslanishini va ildizlarni unumsiz qatlamlarga tarqalishini bartaraf etadi
Ildizlar o`sishini cheklash
  • Typar himoya-filtrlovchi materiali ildizlarni yonga o`sishini cheklab, ularni chuqurroq o`sishini rag`batlantiradi.
  • Typar himoya-filtrlovchi materiali ildizlarni drenaj quvurlarga o`sib kirishini bartaraf etadi.
  • Typar himoya-filtrlovchi materiali mavjud ildizlarni uyma gulzorlarga o`sib kirishini bartaraf etadi.
  • Typar himoya-filtrlovchi materiali shag`al yo`l asosi va gumusni aralashib ketishiga to`sqinlik qiladi.
Begona o'tlarning o'sishini cheklash
  • Typar himoya-filtrlovchi materiali begona o`tlarni o`sishiga to`sqinlik qiladi, shu bilan bir vaqtda suvni (gerbitsidlarni, o`g`itlarni, inteksitsidlarni) o`simliklarning ildizlariga kirib borishiga imkon beradi.
  • Typar himoya-filtrlovchi materiali kimyoviy jihatdan inertli.
  • Typar himoya-filtrlovchi materiali osongina kerakli shaklga o`zgaradi.
Yashil" tomlar
  • Typar (Taypar) materialining yuqori qatlami gumus qatlamini drenaj qatlamiga yuvilishini bartaraf qiladi.
  • Typar materialining pastki qatlami gidroizolyatsion membranani shikastlanishlardan himoya qiladi va ildizlar o`sishini cheklaydi.
Uyma qirg`oqlardagi o`simliklar
  • Typar himoya-filtrlovchi materiali gumus yuvilishini bartaraf qiladi.
  • Typar himoya-filtrlovchi materiali ildizlarni oriq tuproqqa o`sib qirishini bartaraf qiladi.
Yo`l bo`yidagi o`simliklarni sug`orish
  • Ortiqcha yomg`ir suvidan o`simliklarni sug`orishda foydalanish mumkin.
  • Agar joydagi tuproq o`ta g`ovak bo`lsa, qoplamali Typar (Taypar) suvni tez singishini oldini olishda ishlatilishi mumkin.
Beton plitalar yoki tosh yotqizilgan trotuarlar
  • Typar himoya-filtrlovchi materiali plita va toshlar ostiga yotqizilgan qumni yuvilishini oldini oladi.
  • Typar himoya-filtrlovchi materiali plitalar cho`kishini kamaytiradi.
Fundament devorlarning drenaji
  • Typar materialidan drenaj tizimlar oson va tez o`rnatiladi.
  • Typar himoya-filtrlovchi materiali drenaj quvurlarini loyqalanishini bartaraf etadi va ularni samarali ishlashini ta`minlaydi.
Qurilish fundamentlari drenaji
An'anaviy yechim
  • Teskari granullangan filtr
  • Drenaj loyqalanishi xavfi
  • Namlik sharoitida filtr ifloslanishi xavfi bilan murakkab va notekis yotqizish
Typar yordamida yechim
  • Oson o'rnatish
  • Drenaj qatlamining tiqilib qolishining oldini oladi
  • Mayda va changsimon fraksiyalarsiz toshli donador to`ldirgich
Konstruksiya devorlariga suvlarning kapillyar ko`tarilishini to`xtatish
  • Mayda donador tuproqlarda yuqori darajadagi suv kapillyar samara hisobiga ko`tarilishi mumkin, shu tarzda binolarning devoriga kirib borib konstruktsiyani namlaydi va tashqi qoplamalarni shikastlaydi.
  • Yirik shag`al qatlami kapillyar oqimni to`xtatadi.
  • Typar himoya-filtrlovchi materiali kapillyar to`xtatish qatlamini tuproqning mayda zarralari bilan ifloslanishini oldini oladi.
Yakka tartibdagi uylarda kanalizatsion tizim moslamasi
  • Typar  (Taypar) himoya-filtrlovchi materiali shag`alni uyma va boshqa atrofdagi tuproqlar bilan ifloslanishini oldini oladi, shu tarzda shag`alning yaxshi aeratsiyasi orqali samarali biologik transformatsiya uchun sharoitlar yaratadi.
Keramzit yordamida yengil konstruksiyalar
  • Keramzit izolyatsion qatlam sifatida ishlatiladi va temir-beton pol uchun ishonchli asosni ta`minlaydi.
  • Typar (Taypar) himoya-filtrlovchi materiali keramzitni yumshoq tuproqlar bilan ifloslanishini oldini oladi va keramzit qatlamiga yangi betonni kirib borishiga yo`l qo`ymaydi.
  • Keramzitdan tuproqning zaif asoslarida yo`llar cho`kishini cheklash uchun ko`taradigan qatlam sifatida foydalaniladi. Keramzit shuningdek sovuqqa chidamli asos bo`lib xizmat qiladi va samarali drenajni ta`minlaydi.
Xarakteristikalar
  • Typar  himoya-filtrlovchi materiali filtrlovchi membrana sifatida ta`sir qilib, keramzitni yerosti tuproqlar va to`ldirgich bilan ifloslanishini oldini oladi. Typar  shuningdek, mustahkamlovchi membrana sifatida ham ishlaydi va konstruksiyani nisbatan cho`kishini kamaytiradi.
Kuchsiz tuproqlardagi quvurlar
  • Typar (Taypar) himoya-filtrlovchi materiali materialni quvurlar asosiga ifloslantirmasdan yotqizish imkonini beradi.
  • Shu bilan birga eng yaxshi zichlashga erishiladi.
  • Typar himoya-filtrlovchi materiali konstruksiyani nisbatan cho`kishini kamaytiradi.
O'ralgan drenaj quvurlari
  • Typar himoya-filtrlovchi materiali drenaj quvurlarni atrofdagi tuproqlarning mayda zarralari bilan ifloslanishini oldini oladi.
  • Typar himoya-filtrlovchi materiali drenajning ko`proq yuzasini ta`minlash yo`li bilan drenajning samaradorligini oshiradi.
Ko`llardagi sun`iy plyajlar
  • Typar (Taypar) himoya-filtrlovchi materiali ko`l qirg`oqlaridagi loy tuproqda qum yo`qotilishini oldini oladi.
  • O'rnatish oson,
  • Shimoliy mamlakatlarda Typar va qum ko`lning muzlagan yuzasiga yotqizilishi mumkin. Muz eriganda ular suv havzasining tubiga cho`kadi.
  • Typar himoya-filtrlovchi materiali begona o`tlar o`sinishi bartaraf etadi.
Qoplama himoyasi
  • Sun`iy suv havzasi tubida to`shaladigan qoplama va uning asosida yotgan tuproqlar orasida, yoki to`shaladigan qoplama va himoyalovchi qatlam orasida yotqizilgan  Typar  himoya-filtrlovchi materiali mexanik shikastlanishlardan samarali himoyani ta`minlaydi. 
Qurilish muammolarini mukammal hal qilish
Shunday qilib, sifatli Typar  himoya-filtrlovchi materialidan foydalanish eng murakkab qurilish vazifalarini hal qilishda "mustahkam asosni" ta`minlaydi.